Malikani o‘g‘irlagan ayiq
(Ertak)
Qadim-qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan egan. Podshoh donolarning hikmatli so‘zlariga uncha ishonmaydigan, manman va zo‘ravon ekan. O‘zini zo‘r bilib, oila muqaddasligini e’tiborga olmas ekan.
Uning bir bo‘yi yetgan chiroyli qizi bor ekan. Kunlardan bir kuni qizni ayiq olib qochib ketibdi. Podshoh uni hamma joydan izlabdi. Hamma el-yurtdan qidirib, chopar yuboribdi. Oxir-oqibat qizini bir g‘ordan, ayiqning uyidan topibdi.
Ayiqning uyidan topib kelgan qiziga hamma narsani muhayyo qilib o‘tirsa, oradan 2-3 kun o‘tgandan keyin qizi uff tortibdi.
Otasi aytibdi: “Qizginam, nima uchun xafasan, nima yetishmayapti? Shunda qizi: “Otajon, ayig‘idi-mayig‘idi, chuquridi-chaqiridi, ayiq bo‘lsa ham o‘zimning erim edi. G‘or bo‘lsa ham o‘zimning uyimni istayapman” debdi.
Shunda otasi boylikdan ham ko‘ra oilaning ustunligiga tan berib, qizini ayiqning uyiga olib borib, ularga oq fotiha berib, baxt tilabdi. Ayiq bilan malika esa baxtli hayot kechirgan ekan.
Shuning uchun ham oila azal-azaldan hamma narsadan ustun ko‘rib kelingan. Mana ko‘rdingizmi bolajonlar, bejizga, nuroniy bobo-buvilarimiz boylikdan ko‘ra oilaning ustunligi, muqaddasligi, aziz ne’mat ekanini doimo ta’kidlab kelishmas ekan.
turkona.uz muxbiri
Sevinch ERKINOVA yozib oldi