“Mo‘ljalga ol” o‘yini
O‘zbek xalq o‘yinlari turkumi
O‘yin boshlanishidan oldin bolalar, ularni mo‘ljalga oladigan odamni tanlashadi. Bu ko‘p hollarda ixtiyoriy tarzda tanlanadi.
Yana mo‘ljal olmoqchi bo‘lgan bola o‘zi to‘p (koptok) otajagini bolalarga e’lon qiladi. Uning qo‘liga to‘p beriladi. U joyida turgan holda o‘ngacha sanab aylanadi. Sanoq tugagach esa “stop” degan buyruq beriladi.
Bolalar sanoq tugagunga qadar har tarafga yugurishi kerak bo‘ladi. Stop buyrug‘ini eshitishgach, o‘z joylarida qolishlari shart. To‘p ushlagan bola esa qimirlamagan holda o‘ziga yaqin bo‘lgan bolaga qarab to‘pni otishi kerak. Agar koptok u bolaga tegsa, o‘yin yana boshidan davom ettiriladi. Agar to‘p tegmasa, to tekkunga qadar bola to‘pni otaveradi. O‘yin shu tariqa daom etaveradi.
turkona.uz muxbiri
Zulfiya RAHMATULLAYEVA tayyorladi