“Salom eshak” oʻyini
O‘zbek xalq o‘yinlari turkumi
Bu oʻyin oʻgʻil bolalar uchun moʻljallangan.
Birinchi boʻlib, oʻyinga qoʻshilmoqchi boʻlgan bolalar kim oʻzarga yugurish bo‘yicha poyga oʻynaydi, oxirida qolib ketgan bola eshakka oʻxshab egilib turadi, boshqa bolalar uning ustidan “salom eshak” deb oʻta boshlaydi. Shu soʻzni aytmagan va yoki eshak boʻlib turgan bolani ustidan sakrab oʻtolmagan bola magʻlub boʻladi va oʻyindan chiqadi.
Gʻolib ishtirokchiga meva yoki shirinlik beriladi.
To‘plovchi: turkona.uz muxbiri
Sabrina NURMATOVA