Haqoratli qadamga qarshimiz
(Fransiyadagi Xurshidbonu Notavon haykali tahqirlanishiga qarshi Jahon Yosh Turk Yozuvchilar uyushmasi vakillaridan bayonot)
Atoqli ozarbayjon shoirasi va jamoat arbobi Xurshidbonu Notavonning 2017-yili Fransiyaning Evian-les-Bains shahrida o‘rnatilgan haykaliga nisbatan qilingan nomaqbul harakat vandalizm va umuman, madaniy qadriyatlarga nisbatan tashlangan haqoratli qadamdir.
Xurshidbonu Notavon Ozarbayjon tarixidagi eng yorqin shaxslardan biridir. Oʻz davrida ko‘rsatgan xizmatlari, insonlarning farovon hayot kechirishi yo‘lida amalga oshirgan saʼy-harakatlari sababli bugun ham uning nomi hurmat bilan yodga olinadi. Biz, Turk dunyosining turli davlatlarida faoliyat koʻrsatuvchi Jahon Yosh Turk Yozuvchilar uyushmasi a’zolari sifatida Ozarbayjonning atoqli shoirasi Xurshidbonu Notavon haykaliga nisbatan qilingan bunday tahqirlovchi harakatni qoralaymiz va bu kabi xatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini maʼlum qilamiz.
- Intiqom Yashar – Ozarbayjon Respublikasi
- Oʻzgur Bajaqsiz ‒ Turkiya Respublikası
- Erkinbek Serikbay ‒ Qozogʻıston Respublikasi
- Sayat Kamshiger ‒ Qozogʻıston Respublikasi
- Gulnoz Fayzulla ‒ Qozogʻıston Respublikasi
- Mehrinoz Abbos ‒ Oʻzbekiston Respublikasi
- Dilrabo Norqulova ‒ Oʻzbekiston Respublikasi
- Rizqul Izzatova ‒ Qirgʻiz Respublikasi
- Bekbolat Saribay ‒ Qirgʻiz Respublikasi
- Ayshen Rahim ‒ Ozarbayjon Respublikasi
- Umid Najjari ‒ Janubiy Ozarbayjon
- Ramin Jabroili Yashar ‒ Janubiy Ozarbayjon
- Rahmat Bobojon ‒ Oʻzbekiston Respublikasi
- Anvar Oqyoʻl ‒ Turkiya Respublikası
- Jamshid Nurqul ‒ Oʻzbekiston Respublikasi
- Asliddin Yunusov ‒ Oʻzbekiston Respublikasi