Mahorat darslari oʻtkazildi
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutida Yaponiya sport agentligi vakili Dansuke Xashimoto-san ishtirokida 22-23-24-yanvar kunlari paralimpiya sportchilari, trenerlar va institut tinglovchilari uchun mahorat darslari oʻtkazilmoqda.
Mazkur tardirbirda “Ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi” buyurtmasi asosida para shaxmat va para shashka sport turlaridan institutda malaka oshirayotgan tinglovchilar ham ishtirok etmoqda.
Dansuke Xashimoto-sanning taklifiga asosan tadbirda ishtirok etayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ishtirokchilarga hamroxlik qilish va tashkiliy ishlarda ko‘maklashish maqsadida Ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi raisi, paralimpiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi Musaxon Mamatxonov hamda Paralimpiya sport turlari bo’yicha mutaxassilarni tayyorlash instituti direktori Olimjon Shodiyev ko’magida davra suhbatlari, turli xil sport o’yinlari uyushtirildi. Bunday tadbiorlarni uyushtirishdan maqsad imkoniyati cheklangan yoshlar qatlami, nogiron, ko’zi ojiz, eshitish qobiliyati cheklangan, muomila layoqatiga ega bo’lmagan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan insonlarni manfaatlarini himoya qilish, hayotga bo’lgan umidlarini yuksaltirib, sportga qiziqtirish va o’z ustilarida ishlashlari bizning bosh maqsadimizga aylandi.
Davlatimiz rahbari amalga oshirilayotgan bunday ishlar izchil davom etishini, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish joylari tashkil etish doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi. Men Prezidentimizga imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalarga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman. Bu kabi imkoniyatlar yaqin kelajakda o‘zining ijobiy samarasini berishiga ishonaman.
Imkoniyati cheklangan yoshlarga yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarga javoban, “Paraosiyo – 2023” Xitoyning Xanchjou shahrida shahrida IV Paraosiyo oʻyinlari bo’lib o’tdi. Bunda Osiyoning 44 ta davlatidan 3,1 ming paralimpiya sportchilari 22 sport turi bo’yicha, 564 ta musobaqada ishtirok etishdi. Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 11 sport turi bo’yicha 108 nafar para sportchilar bilan ishtirok etdi. Sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medalni qo’lga kiritdi. Paraosiyo o’yinlari tarixida medallar soni boʻyicha O’zbekiston delegatsiyasi soni boʻyicha eng yaxshi natijalar qatoridan oʻrin oldi.
Durdona MIRSOATOVA