Buloq
O‘rta Daraning ajoyib rivoyatlari turkumidan
Qadim o‘tgan zamonlarda ikki tog‘ orasida bir buloq bo‘lgan ekan. U buloqdan ko‘p odamlar suv olib, o‘zlari uchun foydalanar ekan. Buloq ichida turli tuman kichik baliqlar bo‘lgan ekan.
Yillar o‘tib buloqning suvi negadir kamayib ketaveribdi. Odamlar nima uchun bunday bo‘layotganini tushunmapti va bunga unchalik e’tibor berishmapti. Yildan yilga suv kam keladigan bo‘libdi va oxiri buloq qurib qolibdi. Ko’p insonlar suvsizlikdan nobud bo’libdi.
Tog‘ ahli nima qilarini bilmay har xil so‘filarning, eshonlarning, nafasi o‘tkir domlalarning oldiga borib, ulardan yordam so‘rashibdi. Ular har xil duolarni o‘qibdi.
So‘filardan biri suv nega to‘xtab qolgani sababini aniqlabdi.
So‘fi: Buloqning suvi keladigan joyga bir katta baliq va ilon tiqilib qolgan, o‘shalarni olsangiz, buloq yana suvga to‘ladi debdi.
Baliqchilar o‘sha baliqni va ilonni olibdi. So‘fi ilonni yeb, baliqqa esa teginmaslikni aytgan ekan. Ammo insonlarning nafsi kuchlilik qilib, baliqni ham yeyishibdi.
O‘sha kunning o‘zida tog‘ga chiqadigan barcha tekis yo‘llar ilon iziga o‘shxab qolibdi. Buloqning suvi quribdi. Baliqni yegan insonlar esa o‘sha zahoti jon taslim qilishibdi. Buloq birdan yopilib, o‘sha yer ilonlar makoniga aylanibdi.
Nafsiga berilgan insonlarning jazosi shu tariqa yakun topibdi.
Yozib oluvchi: Zulfiya RAHMATULLAYEVA,
turkona.uz muxbiri