Harakatda barakat
(Ertak)
Ikkita doʻst boʻlgan qurbaqalar bor ekan. Ulardan biri juda tirishqoq, mehnatkash, harakatchan ekan. Biri esa dangasa, ishyoqmas, yalqov ekan. Bir kuni ikkalasi ketayotib, agʻanab yotgan koʻzani ichiga tushib ketibdi va tasodifan koʻza tik boʻlib qolibdi.
Kunlar oʻtib, qurbaqalar koʻzani ichida hech narsasiz och qola boshlabdi. Shunda harakatchan, tirishqoq qurbaqa harakat qilaverib, koʻzani ichidan sakrab chiqib ketibdi. Dangasa qurbaqa esa ochlik va tashnalikdan koʻzani ichida halok boʻlibdi.
Qissadan hissa shuki, harakat qilgan albatta barakatga erishadi.
Yozib oluvchi: Sabrina NURMATOVA,
turkona.uz muxbiri