U qizga

Ali KARIM
Axtarirman men seni,
Izlayurman men seni.
Qidiryapman koʻzim-la oʻtgan-ketgandan seni,
Axtaryapman kitobda, qidiryapman hayotda.
Bilmaysan ne qomatda, ne koʻrkda, ne nomdasan,
Sening taʼliming nima, sening yoshing nechada?
Oladirmi koʻzlaring, qoradirmi, nimadir?
Balki goʻzal xoling bor, goʻzal oy dugonasi,
Ijozat et qora xoling boʻlsin hasratim nuqtasi!
Balki mendan kattasan, balki kichiksan mendan;
Mayli, katta-kichik boʻl, ammo kamolli boʻl sen.
Kamol ulki umr boʻyi quvnoq namoyish emas,
Maʼnoli yashamoqchi, juda ham oson emas.
Aql ham oʻz oʻrnida, kamol ham oʻz joyida.
Bir goʻzallik koʻrdim men maʼnoli koʻzlaringda.
Kimga, nega boqsam ham, seni yodga soladi.
Yuragimda soʻzim bor, yuragimni yoqadi.
U aʼlo bir soʻzdir-ki, doʻstga aytib boʻlmaydi.
Onadan aziz ne bor, Onaga ham aytilmas.
Qoʻllarimga orzudir sochlarining hasrati
Kel, javobsiz qoldi-ku koʻnglimning muhabbati.
Qara yuzma-yuz keldik…Unda mendan uyalma,
Qalbingdan kechganlarni rad etmagin, yashirma.
Yashirma-ki, tonma-ki, har kim ketar har tomon:
Jonimni olovlarga aslo qilma giriftor,
Seni qayerdan topay? Sen nimasan? Sen kimsan?
Tez boʻl, koʻrin, tezda kel, axtaryapman seni men!
Koʻzim-la, koʻnglimdagi qaygʻuni,
Yoʻllaringda bitirdim.
Ilk koʻklamni kutayotgan yosh ogʻoch kabi.
Bahorni kutayapman…Ey qiz, kel bahor kabi.
Ozarbayjon tilidan Davronbek Oripov tarjimasi
28.01.2023