Qardoshim

Uzoqdagi yaqin qardoshim
Ğamingizni aritsin Xudo,
Kònglingizni yoritsin Xudo.
Sizlar uchun qilamiz duo
Uzoqdagi yaqin qardoshim.
Dinimiz bir, bir imonimiz,
Bir dunyoyu Bir osmonimiz.
Oh desangiz, oģrir jonimiz,
Uzoqdagi yaqin qardoshim.
Tezroq yomon kuningiz óchsin,
Gul mehrimiz siz tomon uchsin.
Borib sizni qalbingiz quchsin
Uzoqdagi yaqin qardoshim.
OYGUL