Ganira

Sen yashalgan har oningni berding vatanga,
Yashalmagan umru boringni berding vatanga,
Bor sevgingu yurak toringni berding vatanga,
Qo‘shig‘ingu nolayi zoringni berding vatanga.
Sening yolg‘iz sevgiling Ozarbayjon edi!
Bor do‘stu yoringni berding vatanga.
Deding, ozod ko‘ray Qorabog‘imni ozod vatanda,
Kurashding, ko‘rding va so‘ng joningni berding vatanga!
Nasrullo ERGASH
2023.30.09