Bulut

Bulut suzgin osmonga,
Tog‘lar oshib, ko‘l daryo bor.
Cho‘mil unda erta-kech,
Cho‘llar tomon suv olib bor.
Quyib bergin ko‘z yoshing,
Sharros bo‘lib, yog‘ilsin!
Yuvilsin chang, g‘uborlar,
Qalblar, quvonchga to‘lsin!
Shaftoli
Shaftoli der:
‒ Menga qarang!
Rosa to‘lib
Pishganman.
Rohat qilib
Maza deysan,
Gar-chi meni
Terib yesang!
Uzum
‒ Qish juda qattiq kelib,
Uzumni sovuq urdi-da!
Bobosining bu gapin,
Ilhom birdan ildi-da!
‒Bobo, qishni bilaman,
Doim yomgir‒qor yog‘ar.
Urdi, uzumni deysiz-a,
Qish xipchinni qaydan olar!?
Robiya CHAMAN qizi