Zakovat musobaqasi
Olmazor tumani XTB tasarrufidagi 243-sonli maktabning ZAKOVAT klubi a’zolari 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 6- jamoa final uchrashuvini tashkil etishdi. Mazkur o‘yinga O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasining Markaziy apparati Respublika kengashi media piar rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy maktab magistranti Gulruh Rajabova hakamlik qildi.
Uchrashuv 3 turda bo‘lib o‘tdi. Har bir turda 12 tadan savolga bilimdonlar birdamlik, hamjihatlik bilan javob berishdi. Birinchi turdan keyin maktabning “Drama” to‘garagi a’zolari “Usmon Nosir” sahna ko‘rinishini namoyish etishdi.
Ikkinchi turda ham jamoalar bor mahoratini, bilimini ishga solib bir birlaridan bo‘sh kelishmadi. Ikkinchi turdan keyin namoyish etilgan gruzincha raqs o‘quvchilar kayfiyatini yanada ko‘tardi. Qizg‘in munozaraga boy bo‘lgan uchrashuvda 1-o‘rin 11-D sinfiga nasib etdi. Ikki jamoaning ballari teng kelib ikkinchi o‘rinni aniqlash hakamlarga ancha qiyin bo‘ldi. berilgan qo‘shimcha savollarga ikki guruh ham to‘g‘ri javob beraverishdi.
Oxiri kim birinchi bo‘lib javob bersa shu guruhni g‘olib deb topishni kelishib olishdi. Bunda 10-E sinfining qizlar jamoasi chaqqonlik qilib ikkinchi o‘rinni egallashdi. Uchinchi o‘ringa 10-I sinf o‘quvchilari munosib ko‘rildi. Uchrashuvda g‘oliblar kitoblar to‘plami va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, o‘yinda hech bir jamoa e’tibordan chetda qoldirilmadi. “Eng yorqin natija ko’rsatgan jamoa”, “Eng faol ishtirok etgan jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.
Yayra ABDULLAYEVA,
243-sonli maktabning Ijodiy madaniy masalalar
bo‘yicha targ‘ibotchisi