O‘zbek va ozar she’riyati do‘stligi yo‘lida
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “O‘zbek va jahon bolalar adabiyoti namunalari qiyosiy o‘rganish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi “Do‘stlik” ordenlari sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Ali Nasirli ishtirok etib, mavzu doirasida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur mahorat darsi davomida bilim dargohining 7-“A” va “B” sinf o‘quvchilari qatnashib, o‘zbek va jahon bolalar adabiyotiga oid bilimlarni yanada mustahkamlashdi.
Yakunda Ali Nasirli o‘zbek va ozar tilida yozilgan she’rlaridan o‘qib berdi.
Husniddin HAYIT,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining
Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi