XX asr fojeasi. Xo‘jayli qirgʻini

Kuni kecha Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida XX asr fojeasi boʻlmish Xo‘jayli qirgʻini qurbonlari xotirasiga bagʻishlab ehson oshi tashkillashtirildi. Mazkur voqea 1992-yil 25-fevraldan 26-fevralga o‘tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari SSSR davrida Xonkendi (Stepanakert) shahrida joylashgan 366-motoo‘qchilar polkining zirhli texnikasi va harbiy xizmatchilari yordamida Xo‘jayli shahrini bosib oldi.
Hujum oldidan, 25-fevral oqshomidan boshlab, shahar to‘plar va og’ir zirhli texnikalar tomonidan kuchli o‘qqa tutila boshlandi. Oqibatda shaharda yong‘inlar boshlanib, 26-fevral kuni ertalab soat 5 lar atrofida shahar alangasi ichida qolgan. Bunday vaziyatda armanlar qurshovida qolgan 2500 ga yaqin aholi ozarbayjonlar yashaydigan yaqin atrofdagi Agdam viloyati markaziga yetib borish umidida shaharni tark etishga majbur bo‘ldi.
Biroq, bu niyat amalga oshmadi. Shaharni vayron qilgan arman qurolli guruhlari va motoatiji polk askarlari tinch aholini qirib tashladilar.
Ulug‘bek ALIMOV,
www.turkona.uz muxbiri