Ozarbayjon Madaniyat Markazidan yangi tanlov!

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2023-yil uchun Oʻzbekiston matbuoti va jamoatchiligi oʻrtasida Ozarbayjon, shuningdek, Oʻzbekiston bilan tarixiy doʻstlik va hamkorlikka oid tanlov eʼlon qildi.
2023-yilning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan “Haydar Aliyev yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi Oʻzbekistonda bir qator tadbir va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Shu munosabat bilan markaz tomonidan tanlovga “Haydar Aliyev va Turk dunyosi”, «Haydar Aliyev va Oʻzbekiston” nomli nominatsiyalar kiritildi.
Maʼlumki, Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti TURKSOY tomonidan 2023-yil “Shusha ‒ Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deya eʼlon qilindi. Yuqorida qayd etilgan hodisa munosabati bilan tanlovdan shu nomdagi nominatsiya joy olib, unda Ozarbayjonning qadimiy shahri, Qorabogʻ markazi, madaniy poytaxtimiz Shusha shahri, uning tarixi, madaniyati, sayyohlik resurslari, mashhur shushaliklar, milliy madaniy meros, Shushaning mashhur yodgorliklari, shaharning Ozarbayjon madaniyatiga qoʻshgan hissasi va boshqa maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin.
Bundan tashqari, Markazning bildirishicha, Ozarbayjon armiyasining gʻalabasi, Oliy Bosh qoʻmondon, Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida Shushaning ozod qilinishi, ishgʻoldan ozod qilingan Ozarbayjon hududlarida restavratsiya va qurilish ishlari, tinch aholining oʻz vataniga qaytishiga oid maqolalar, televizion chiqishlarga nominatsiyada ustunlik beriladi.
2023-yil Oʻzbekiston Respublikasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deya eʼlon qilinishi munosabati bilan, tanlovga shu yoʻnalishda ham nominatsiya ilova qilindi.
Nominatsiyalar orasidan Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi, hamkorligi, tarixiy aloqalari, davlatlarimizning strategik ittifoqi mavzusi ham joy olgan.
Tanlovda qayd etilgan mavzular boʻyicha “maqolalar”, “televizon chiqishlar”, “hujjatli filmlar”, “tarjima asarlar”i, shuningdek, “Ozarbayjon va Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiallar chop etgan bosma nashrlar (gazeta, jurnal, sayt, televideniye kanali)”, doʻstlik hamda hamkorligimizni faol targʻib qilgan davlat jamiyat aʼzolari Ozarbayjon Madaniyat markazining faxriy diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Qayd etish lozimki, tanlovda gʻolib boʻlgan oʻzbek jurnalistlari anaʼnaga koʻra har yili yoz oylarida Ozarbayjonda tashkil etiladigan “Mediatur”da ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etiladigan ushbu “Media-tur” davomida oʻzbek ommaviy axborot vositalarining yetakchi vakillari mamlakatimiz poytaxti Boku hamda respublikamizning tarixiy joylari, ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda boʻlib, madaniyat, turizm maskanlarini ziyorat qilishib, suratga olish ishlari olib borilashdi, maxsus maqolalar tayyorlanadi.
Taqdim etilgan materiallar har ikki mamlakat jamoatchiligi, madaniyati va matbuoti sohasidagi taniqli shaxslardan shakllantirilgan maxsus tashkiliy qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi va baho beriladi. Materiallarni baholash mustaqil ekspertlar ‒ tegishli sohada boy bilim va tajribaga ega, davlat hokimiyati organlari, tanlov natijasiga taʼsir koʻrsatmaydigan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov uchun nazarda tutilgan materiallarning surati va elektron variantini Ozarbayjon Madaniyat Markazining culcenter.az@gmail.com elektron pochtasiga joʻnatish talab etiladi. Har jurnalist tanlovga individual tarzda maqola joʻnatishi mumkin. Materiallarni eʼlon chop etilgan kundan boshlab taqdim etish mumkin. Arizalarni topshirishning yakuniy sanasi ‒2023-yil 30-noyabr.