Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida «Birinchi Diaspora yoshlar forumi»
8-11-sentabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Ismailli shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida «Birinchi Diaspora yoshlar forumi» tashkil etiladi.
Unda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan faol va ingliz tilida mukammal gaplasha oladigan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Forumda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston kabi mamlakatlar yoshlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek forumda qatnashish uchun til sertifikati so’raladi, lekin majburiy emas. Ishtirok etish bilan bog’liq xarajatlar(yashash, ovqatlanish, ichki transport) tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Ishtirokchilar xalqaro aviachiptalarni o’z hisobidan xarid qilishlari lozim.
Forum uchun arizalar qabuli joriy yilning 17-avgust kuniga qadar davom etadi.
Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.