Samarqand
“Ro‘yi zamin sayqali” ‒ deb atashgan,
Mashhur shaharlardan deya sanashgan.
Samarqandning tarixidan gapirsam,
Turkiy xalqlar yalovini qadashgan.
Registonga borgan bo‘lsangiz agar,
Bu qadamjo ila go‘zaldir shahar.
Ulug‘beg-u, Tillakori va Sherdor,
Madrasalar betakror va naqshinkor.
Shohizinda esa tarixiy makon,
Zinalari xosiyatli har zamon.
Moziydan so‘zlovchi baland gumbazlar,
Samarqandning husnini mudom saqlar.
Ko‘chalari doim toza va ko‘rkam,
Samarqand-la betakror, obod o‘lkam.
Dunyolarni lol qilgan maskanlari,
Samarqandning o‘zgacha chamanlari.
Marjona SATTOROVA,
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi