Buyuk tuprog‘im
Men mitti zarrangman, tomchi gulobing,
Qo‘limdan tutgaysan, zorlangan chog‘im.
Vatan, jonim manim, aslida sensan,
Daholar bosh qo‘ygan, buyuk tuprog‘im!
Oftobdek iliq bir tafting o‘zgacha,
Boshimdan silablar, deysan “qarog‘im”.
Tetapoya bo‘lsam qaddimni tutgan,
Daholar bosh qo‘ygan, buyuk tuprog‘im!
Maysadek ko‘ksingda ko‘karishim bor,
Tarovati go‘zal mo‘jaz bir bog‘im.
To‘maris, Shiroq-u Kubroning yurti,
Daholar bosh qo‘ygan, buyuk tuprog‘im!
Manglayim kulgaydir, sening boringdan,
Mushkuldir seningsiz baxtni ko‘rmog‘im.
Yovlarga ham mehrin bergan beminnat,
Daholar bosh qo‘ygan, buyuk tuprog‘im!
Tomchi suving menga najotim, borim,
Izlasam sengadir, ohu so‘rog‘im.
Vorisi qoniga shon bo‘lib singgan,
Daholar bosh qo‘ygan, buyuk tuprog‘im!
Juma ARIPOV,
Qarshi muhandislik iqtisodiyoti insituti talabasi