Robiya Jabborova
1969-yil 13-fevralda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida tug‘ilgan.
Nishon tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida mehnat qilib kelmoqda.
“Chaman” folklor jamoasi rahbari. Qozog‘iston Respublikasi “Шынар жапырактары” iste’dodlar ittifoqining “Онерге коскан улеси ушин” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Ijod namunalari 2 almanaxda e’lon qilingan hamda Qashqadaryo viloyatining “Oltin meros” fondiga kiritilgan.
Hozirgi kunda mualliflik kitobi ustida ish olib boryapti. Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Yurak
Yurak duk duk uradi,
Seni ko‘rgim keladi.
Qayda bo‘lmay xayolim,
Sen tomonga buradi.
Qoshing qarosidan yor,
Ishqing balosidan yor.
Shamol buncha shoshasan,
Qay manzilga borasan.
Bir xatim bor, iltimos,
Yorginamga berarsan.
Qoshing qarosidan yor,
Ishqing balosidan yor.
Tog‘lar tomon chaqirsam,
Sevaman deb, baqirsam.
Nasib qilsa yor bilan,
Davru davronlar sursam.
Qoshing qarosidan yor,
Ishqing balosidan yor.