Eldor Tatiyev
2000-yilning 20-iyulida Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Sayram tumanidagi Qorabuloq qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlab, 2019-yili Shimkent pedagogika universitetining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirgan.
2019-2020-yillarda Nur-Sulton shahridagi xorijiy “Amerikano” kompaniyasida hisobchi, 2021-yilda Nur-Sulton shahri o‘zbek entomadaniyat markazida yoshlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbasari, “Shu’la” ijodiy uyushmasining kotibi vazifasida faoliyat yuritgan. 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar “Шинар жапирақтари” yosh iste’dodlar ittifoqining direktori vazifasida ishlab kelmoqda.
“Buloqlar mavjida” antalogiya ishtirokchisi. “Haq yo‘lingdan yurgayman” she’riy kitobi muallifi. Qozoq-o‘zbek ijodkorlar antalogiyasi noshiri.
Qozog‘iston Respublikasi Ko‘kshetau viloyati madaniyat markazining “Үздік қаламгер” medali sohibi. Qirg‘iz oqin yozuvchilar fondi a’zosi. Talim fidokori O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim fidokori” hamda Qirg‘izistonning “Turon birligi” medallari sohibi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo Viloyati XXJFning Qozog‘istondagi rasmiy vakili.
Bugungi kunda Eldorbekning ijodiy ishlari, ilmiy maqolalari turkiy xalqlar matbuoti hamda ijtimoiy tarmoqlarida muntazam e’lon qilib borilmoqda.