Toshkentda Yunus O‘g‘uzning “So‘qmoq” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan Haydar Aliyev muzeyida yozuvchi-publitsist, turkolog olim, tarixiy romanlar muallifi Yunus O‘g‘uzning o‘zbek tilda chop etilgan “So‘qmoq” nomli romanning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat Markazining tashabbusi ila nashr qilingan Shusha shahri bunyod etilganining 270 yilligiga va 44 kunlik Vatan urushiga bag‘ishlangan kitobni ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga dotsent Gulbahor Ashurova tarjima qildi.
Markaz xodimi Karimulla Mammadzoda Yunus O‘g‘uzning ijodi haqida atroflicha ma’lumot berdi va bugun sevinchini yashayotgan Zafar tariximizdan bahs yuritgan asarning ahamiyatini gapirdi.
Olim va tarjimon Boboxon Sharif shuni bildirdiki, Yunus O‘g‘uzning o‘zbek tilida “Amir Temur”, “Shoh ayoli va jodugar”, “Sulton Alp Arslon”, “Otabay Eldengiz”, “Ovchi” romanlari ham dunyo yuzini ko‘rgan va shuhrat qozongan. “Aminmanki, Yunus O‘g‘uzning bundan keyingi yangi-yangi romanlari ham o‘zbek tilida chop etilajak”, – dedi Boboxon Sharif.
Olim “So‘qmoq” romanining badiiy qiymati haqida ham gapirdi, kelajakda tarixni o‘rganish uchun manba bo‘lishini ham aytdi.
Gulbahor Ashurova Yunus O‘g‘uzning O‘zbekistonda tanilgan yozuvchi ekaniga e’tibor qaratdi. U bildirdiki, Yunus O‘g‘uz O‘zbekistonda chop etilgan ilk romani – “Amir Temur” asari ila mashhur bo‘lgan. U o‘zbek tarixi bilan bog‘liq shunday bir asar yaratdiki, uning ijodini sevmaslik mumkin emas.
Chiqish qilgan boshqa ishtirokchilar Yunus O‘g‘uzning ijodkorligi haqida so‘z yuritdilar.
Tadbir oxirida chiqish qilgan Yunus O‘g‘uz kitobni yozish jarayoni haqida gapirdi. Yunus O‘g‘uz asarning nashriga va taqdimot marosimini tashkil etgan Ozarbayjon Madaniyat Markaziga, tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbirda O‘zbekistonning ilm, madaniyat va san’at xodimlari, shoir va yozuvchilar, Ozarbayjonlik yurtdoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Hulkaroy RAJAPOVA,
turkona.uz muxbiri