Qo‘riqlaydi mardlar vatanni!

Vatan aziz,vatan muqaddas,
Tuprog‘i zar, gavharim manim.
O‘g‘lonlaring jasur, zabardast
Yaqiningga yo‘lolmas g‘anim.
Alpomishing alplarning zo‘ri,
Shiroqing bor kechgan jonidan.
Temur Malik etgan qalb qoni,
Kubrolaring qutlug‘ qonidan.
Jaloliddin mahf etgan o‘shal,
Chingizxon ham tan bergan marding.
«Manguberdi mendirman o‘sha»
Degan so‘zi ko’tarar garding.
Boburing bor beklarga sulton,
Temurbekning pushti-kamari.
Sohibqiron titratgan jahon,
O‘zbek xalqi hilol-qamari.
Otash bo’lib yongan Muqanna,
Spitamen — jasorat faxri.
To‘marising sheryurak ona,
Kir ll ni qaqshatgan qahri.
Bor Pahlovon Mahmuddek alplar,
Kuragi hech yerga tegmagan.
Bor yurt sevgan millionlab qalblar,
Yovga hargiz bo‘yin egmagan.
Mening yurtim — mardlar diyori,
Buyuklarni tebratgan beshik.
Vatan burchi — yigitning ori
Jasoratga yo‘l ochgan eshik.
Shukur Olloh yetkazganing-chun,
Shunday go‘zal, baxtli zamonga
Yigitlarning g‘ururi butun,
Pospon erur O‘zbekistonga!
Mardlar borki, ko‘ngil xotirjam,
Yurtimiz tinch, osuda osmon.
Bo‘lsin joni sog‘, ruhi bardam,
Qayda bo’lmay boshlari omon.
Ona xalqim mardlaring bisyor,
Fido aylar yurt uchun tanni.
Yurak to‘la ishonch, iftixor
Qo‘riqlaydi mardlar vatanni!!!
Mullajonova Arofatbonu,
Namangan davlat universiteti talabasi