Ota-onalar
Bizni katta qilib, oq sutin berib,
Voyaga yetkazar aziz onalar.
Otajonim bilan duolar qilib,
Dunyolar turguncha turing onalar.
Bizga doim to‘g‘ri tarbiya berib,
«Haq yo‘ldan borgin»-deb aytdingiz ota.
«Yaxshi inson bo‘l»-deb nasihat qilib,
Dunyoda turing siz dunyo turguncha.
Sizni ta’riflasam til ojiz bunga,
Nahot shuncha mehribon bo‘larmi ular?
Qancha e’zozlasak arziysiz shunga,
Sizga ta’zimdadir doim farzandlar!
Dinora OLIMOVA,
O‘zMU talabasi