Adabiyot olami bilan tanishuv
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 243-maktabning 8-sinf o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyoti fan oyligi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda ko‘chma dars uyushtirildi.
Mazkur darsda filologiya fanlari nomzodi Nodira Alouddinova o‘quvchilarga universitetdagi Chingiz Aytmatov doimiy ekspozitsiyasi, Adabiyot qahramonlari, Erkin Vohidov muzeylari haqida batafsil tushuncha berib o‘tdi.
O‘quvchilar adiblarimizning kitoblari, suratlar hamda qo‘llanmalar bilan yaqindan tanishib, bir olam taassurotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi ko‘chma darslar o‘quvchilarda mavzuga yanada qiziqish, ajdodlarga hurmat, kasbga mehr, hayotga muhabbat tuyg‘ularini yanada shakllantirishi shubhasiz.
Dilfuza SHIRINOVA,
243-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi