Turk va ozarbayjon adiblari – aziz mehmonimiz!
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitetiga «Turkiya-Oʻzbekiston Conul Yolgulugu» loyihasi asosida Ozarbayjon va turkiyalik yozuvchi va shoirlar tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda adabiyotchilar, Turkiya yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sabri Kushkonmaz hamda she’riy va nasriy kitoblar muallifi Seval Beyazgul, Haje Bayram Arslantash, Bulat Unsal, Joshkun Karabulut va ozarbayjonlik mashhur yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
Unda har bir Ozarbayjon va turkiyalik yozuvchi, shoirlar oʻzining ijod namunalaridan oʻqib koʻngillarga sayohat qildi desak adashmaymiz. Milliy universiteti talabalari qardosh shoirlarimizni she’rlaridan tarjimalar oʻqidi va koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Turk shoirlaridan biri «Biz Oʻzbekistonga emas sizning koʻngillaringizga mehmon boʻlib keldik» deya she’riy namunasidan oʻqir ekan koʻngillarga oʻzgacha iliqlik ulashdi va qardosh doʻstlarimizni iliq muhabbat bilan koʻngillarda xush koʻrdik. Shu bilan birga, mazkur uchrashuvda, xorijlik yozuvchilar tomonidan OʻzMU professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun «Koʻngil sayohati» nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi va talabalarga Joshkun Karabulut qalamiga mansub «Koʻngil sayohati Oʻzbekiston» kitobi sovgʻa qilindi.
Mashhura BOTIROVA,
turkona.uz muxbiri