Usmon Nosir ‒ bir yoniq yulduz
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 243-maktabda atoqli shoir Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Usmon Nosir ‒ bir yoniq yulduz” nomli tadbir o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar shoir she’rlaridan yodlab, hayot yo‘li asosida sahna ko‘rinishlar ijro etishdi.
Ijodkor o‘quvchilar shoirga bag‘ishlangan she’rlaridan o‘qib, suratlar namoyish etishdi. Tadbir so‘nggida maktab direktori Ziroatxon Komilova hamda Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilfuza Shirinova Usmon Nosirning serqirra ijodi haqida ma’lumotlar berib, ijod sehri, zamon bilan hamnafaslik va tarjimonlik mashaqqatlari haqida gapirib, bunday ijodiy tadbirlarning mohiyati va nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o‘tishdi.
Yayra ABDULLAYEVA,
243-maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi