O‘zbekiston, mangu bo‘l omon!
Ko‘hna tarix yo‘llarin bosgan,
O‘zing nurli hur diyorimsan.
Ulug‘ marjon shodasin osgan,
Ko‘ksimdagi g‘urur orimsan.
Moziy uzra oshib ko‘p dovon,
O‘zbekiston mangu bo‘l omon!
Qutlug‘ bo‘lsin tavallud yoshing,
Kelajakka tutib porloq yuz.
Ma’rifat-la toblab bardoshing,
Quloch yozar keng “Besh tashabbus”.
Sahrolaring bo‘ldi guliston,
O‘zbekiston mangu bo‘l omon!
Quchog‘ingda ungay ko‘p gullar,
Hur madhingni aylab ovoza.
Qaddingni hech bukolmas yillar,
Chunki, xalqing qalbi sof, toza.
Gullayvergin boqiy har zamon,
O‘zbekiston mangu bo‘l omon!
Yoshlar bugun birlashib bir kuch,
Har qadamda har ishda ilg‘or.
Yuragida jo‘shar yuksak burch,
Vatan, go‘zal istiqboling bor.
Mehring nuri ko‘zlarda mujgon,
O‘zbekiston mangu bo‘l omon!
Qadri ulug‘, shavkat-u shonim,
Jonimdagi jovidon jonim,
Ong, tafakkur ilm-u ziyoyim,
Olam ichra borliq dunyoyim.
Hech tengi yo‘q aziz, jonajon
O‘zbekiston mangu bo‘l omon!
Arofatbonu MULLAJONOVA,
Namangan Davlat Universiteti talabasi