Ozarbayjon haqida 100 ta fakt. 8-qism
Assalomu Alaykum saytimiz kuzatuvchilari! Ozarbayjon haqidagi qiziqarli maʼlumotlar ketma ketligini davom ettiramiz. Bu galgi ma’lumotlar Ozarbayjon til va adabiyoti bilan bogʻliq. Demak boshladik!
8-qism
71. Ozarbayjon tili Ozarbayjonning davlat tili hisoblanadi, u Eronning shimoli — gʻarbida, shuningdek, Gruziya, Turkiya va Rossiyada keng tarqalgan. U turkiy tillarning janubi-gʻarbiy tarmogʻining oʻgʻuz kichik guruhiga mansub.
72. Ozarbayjon leksikasining ahamiyatli plastini arab va forsiy soʻzlar tashkil etgan. Arab soʻzlari ham maishiy ham terminologik leksikani qamrab olgan, eroniylik esa, uzoq vaqt davomida ozarbayjon — forsiy aloqalar boʻlgani bilan tavsiflanadi.
73. Shuningdek, Kavkazning ozarbayjon tilida 4 dialekt guruhlari ajratiladi: sharqiy (boku, derbent, kuba va shemaxin dialektlari, mugan va lenkor shevalari), gʻarbiy (karabay, gyandjin, kozox (qozoq tili bilan adashtirmang) dialektlari, ayrum shevasi), shimoliy (shekin dialekti, zakatal — kaz shevasi), janubiy (naxichevan, tebriz va ordubad dialekti, erevan shevasi).
75. Bugungi kunda qabul qilingan ilmiy fikrga koʻra ozarbayjon tili XIV asrda mustaqil til sifatida ajralib chiqqan.
76. N.G.Volkov takidlashicha, XVI-XVII asrlardan boshlab Muhammad Fizuli, Kovsi Tabrizi va boshqa ozarbayjon mualliflari ishlarida ozarbayjon adabiy va soʻzlashuv tilini birlashishi kuzatilgan.
77. Uning fikricha, ozarbayjon adabiy tili uzil — kesil soʻzlashuv tili bilan XIX yuzyillikning ikkinchi yarimida yaqinlashgan.
78. XVI asr — XIX asrning boshlarida Ozarbayjonning katta qismi turkiy tilda soʻzlashadigan Safaviylar sulolasi shohlari boshqargan Forsiy imperiyasi taʼsirida boʻlgan. Safaviylar davlatida ozarbayjon tili deyarli yuz yilga saroy, armiya va sud tiliga aylandi (u bu maqomni yuz yil atrofida saqlab qolgan).
79. XIX asrning yarimidanoq boku hamda shemaxi dialektlari asosida zamonayiv adabiy ozarbayjon tili shakllangan.
80. XIX asr oʻrtalarida ilk bor „ozarbayjon tili“ termini uchragan. Birinchi marotaba u ilmiy tarzda asoslanib professor Mirza Kazem — bek tomonidan ishlatilgan. Kavkazortida ozarbayjon tilini kengroq qoʻllanilishi faqatgina XIX asrning soʻnggi choragida uchragan.
Ulug‘bek Alimov,
www.turkona.uz muxbiri