Ozarbayjon haqida 100 ta fakt. 9-qism
Assalomu Alaykum turkona.uz kuzatuvchilari! Aziz sayt ixlosmandlari! Faktlar keltma ketligi davom etadi. Bu galgi faktlar Ozarbayjon matbuoti haqida boʻladi. Demak, boshladik!
9-qism
81. 1828-yilda Tbilisida rus tilidagi „Tbilisskiye vedomosti“ gazetasi nashr etila boshladi, 1832-yilda esa „Tiflis xabari“ gazetasi nashr etila boshladi.
82. “Kavkazskiy vestnik” gazetasi 1841-yilda nashr etila boshladi, ozarbayjon tilida uning nomi „Kavkazin bu tarafinin xabari“ boʻlgan.
83. Abasgulu aga Bekixanov hamda Mirza Fatali Axundovlarni bu gazetaga aloqasi boʻlgan, lekin ularni matbuot asoschilar deb hisoblab boʻlmaydi.
84. Ozarbayjon tilida nashr etilgan birinchi gazeta va Rossiya Imperiyasida turkiy tilidagi gazeta „Akinchi“ hisoblangan. U 1875-yil 22 iyulda dunyo yuzini koʻrgan, uning bosh muharriri Gasan bek Zardabi boʻlgan.
85. „Akinchi“ gazetasi yopilganidan ikki yildan soʻng, Djalal Unsizade muharrirligi ostida „Ziya“ gazetasi chiqa boshladi. 1906-yilda yozgan maqolasida Firudin bek Kyocharli bu gazetada diniy mavzular mavjudligini taʼkidlagan.
86. 1883-yilda Djalil Unsizade taʼsis etgan „Kyoshkyul“ gazetasida Islomdagi fanatizmni tanqid qilgan. „Ziya“ va „Kyoshkyul“ gazetalari Azeri aksentini istambul turkiy shevaga yaqinlashtirmoqchi boʻlishgan, lekin buning uchun ularni chor hukumati taqib qilgan.
87. Nariman Narimanov va Mahammad Amin Rasulzade „Xummat“ nashriyotini tashkil etishga harakat qilgan, 1904-yil oktabrida ozarbayjon tilida „Xummat“ gazetasi yashirin nashr qilindi. Bu ozarbayjon matbuotida birinchi ijtimoiy — demoktarik gazeta boʻlgan.
88. 1906-yil noyabridan Ali bek Guseynzadening bosh muharrirligi ostida „Fyuyuzat“ gazetasi chiqa boshladi.
89. 1906-yilning 7 aprelida bosh muharriri Djalil Mamedguluzade boʻlgan „Molla Nasreddin“ jurnali chiqa boshladi. Bu jurnal savodsizlik va fanatizmga qarshi kurashgan, oʻz fikrlarini oʻquvchilarga oddiy soʻzlashuv shaklida yetkazgan. Turli davrlarda jurnal Tbilisi, Tebrizi va Bokuda nashr etilgan, unda Omar Faig Nemamzade, Mirza Alekper Sabir, Abdurraxim bek Xagverdiyev, Ali Nazmi, Aligulu Gamkyusar, Mamed Said Ordubadi va boshqa shoir, yozuvchi, jurnalistlar hamda Oskar Shmerling, I. Potter, Azim Azimzadelar ijod qilgan.
90. 1923-yildan boshlab Ayna Sultanova muharrirligi ostida „Sharg gadinin“ jurnali chiqa boshladi, bu jurnal maqsadi Ozarbayjon ayollarini ommaviy — siyosiy hayotga jalb qilish edi. Keyinchalik bu jurnal nomi „Azerbaydjan gadinin“ nomiga oʻzgargan va „Literaturniy Azerbayjan“ va „Azerbayjanskaya neftyanaya promishlennost“ jurnallari bilan birga Ozarbayjonda katta nusxalarda chop etilgan.
Ulug‘bek ALIMOV,
www.turkona.uz muxbiri