Ozarbayjon haqida 100 ta fakt. 5-qism
Assalomu Alaykum aziz sayt kuzatuvchilari. Ozarbayjon haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni davom ettiramiz. Demak, boshladik.
5-qism
41. Turkiy tillar shevalari bo‘yicha differensial dialektal-adabiy lug‘atlar tipidagi birinchi lug‘atni 1964 yilda Ozarbayjon dialektologlari tuzganlar.
42. Ozarbayjon sheʼriyati asoschisi, Ozarbayjon adabiyotidagi birinchi shoir — XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida ijod qilgan Xurosonlik Gasano‘g‘li Izzeddin hisoblanadi.
43. Ozarbayjonda 8350 dan ortiq daryolar mavjud
44. Birinchi Ozarbayjon baleti bu Afrasiyab Badalbeylining „Giz galasi“ baleti bo‘lib, u 1940-yil sahnalashtirilgan.
45. Olovli ibodatxona – Otashgoh qadimdan Absheron yarim orolida va butun Kavkazda otashparastlik va zooastrizm markazi bo‘lgan.
46. Bokudagi Eski shaharda “Olmos qo‘l”, “Amfibiya odam”, “Tehron-43” kabi sovet filmlari suratga olingan.
47. Ozarbayjonda 14 ta tabiiy resurslar: ekin maydonlari, uzum, temir, rux va qo‘rg‘oshin, molibden, alyuminiy, oltin, mis, yonayotgan tog‘ (Yanar tog‘), loy vulqonlari, paxta, daryolar, ko‘llar, neft va gaz bor.
48. Ozarbayjon musulmon mamlakatlari orasida birinchi boʻlib milliy teatriga (Mirza Fatali Axundovning „Sarguzashti-vaziri-xani-Lenkoran“) asos solgan mamlakatlardan biridir.
49. 1936-yilda Ozarbayjon Meʼmorchiligi Uyushmasiga asos solingan.
50. Ozarbayjon ertaklari XIX asrdan boshlab yig‘ila boshlagan.
Zulfiya RAHMATULLAYEVA,
turkona.uz muxbiri