Sho‘rvaga marhamat!
Sho‘rva
Turkiyada uch yuzdan oshiq sho‘rva turi bor. Sho‘rva nafaqat tushlikka, balki nonushta va kechki ovqatga ham tayyorlanishi mumkin. Istanbulda mehmonlar dasturxoniga ham avval sho‘rva tortiladi.
Shoʻrvani tayyorlash uchun bizga qizil yasmiq, sabzi, piyoz, mol goʻshti qovurgʻalari, pomidor, qalampir, oʻsimlik moyi, lavr bargi va tabga koʻra tuz kerak boʻladi.
Tayyorlanish jarayoniga diqqat qiling:
Qovurg‘alarni qaynatishga qo‘ying, tuz va lavr bargini soling.
Go‘sht suyaklardan oson ajralguncha qovurg‘alarni pishiring.
Piyozni maydalangan sabzi bilan tovada qovuring. Bo‘laklangan pomidorlarni ham qo‘shib qovuring. Pomidorlar quyuq holga kelguncha pishiring.
Qovurg‘alarni suvdan oling. Yasmiqlarni yuvib, bulyonga soling. Qizil qalampirni ham qo‘shing.
Yasmiq qaynab chiqqach, yana 15 daqiqa davomida pishiring.
Qovurilgan mahsulotlarni qozondagi bulyonga qo‘shib, qaynating.
Go‘shtni qovurg‘alardan ajratib, maydalab oling. Sho‘rvaga soling va aralashtiring. Yana 10 daqiqa pishiring.Shunday qilib bizning taomimiz tayyor boʻldi,uni qanday dasturxonga tortishingiz oʻzingizning fantaziyangizga bogʻliqdir.
Oʻzbek oshxonasida shoʻrva.
Shoʻrvani tanavvul qilish, bizga foydali hisoblanadi. Chunki unda kaloriyaga boy mahsulotlardan foydalanamiz. Taomimizni tayyorlash uchun bizga: qoʻy yoki mol goʻshti, sabzi, kartoshka, pomidor, noʻxat, piyoz, sholgʻom, bulgʻor qalampiri,tabga koʻra ziravorlar va tuz kerak boʻladi. Bu ovqatni pishirish juda ham oson. Albatta,bu barcha uddalaydigan ovqatlar roʻyxatiga kirgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Qancha shoʻrva qilishimizga qarab masalliqlarni tanlab olamiz. Ularni qozonga solib,ustidan suv quyamiz va 2-3 soat qaynatamiz. Qancha koʻp qaynasa shoʻrva shuncha mazali boʻladi. Tayyor boʻlgan shoʻrvani xohlaganingizdek yeyishingiz mumkin.
Laylo DUSANOVA,
turkona.uz muxbiri