Ona tili ‒ millat ko‘zgusi
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 243-maktabda O‘zbek tili va adabiyoti fani oyligining ochilishiga start berildi.
Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ona tili millat ko‘zgusi” nomli mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda 5-sinf o‘quvchilari har bir fan uchun atalgan she’rlar yodlab berishdi.
9 sinf o‘quvchilari tomonidan esa XX asr adabiyoti vakillari siymosida she’r va monologlar o‘qildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy raqsi ko‘ngillarni yanada zavqqa to‘ldirdi.
‒ Ushbu tadbirning o‘tkazilishidan maqsad, o‘qituvchilar oktabr oyida Ona tili va adabiyot darslarini ochiq dars ko‘rinishida, interfaol usullar bilan noan’anaviy tarzda olib borishi, o‘quvchilar esa o‘zlarining kreativ g‘oyalari bilan faol qatnashib darslarni tashkillashtirish va o‘zlashtirishdan iborat, ‒ deydi shu maktabning targ‘ibotchisi Yayra Abdullayeva.
Sevinch ERKINOVA,
turkona.uz muxbiri