Istanbul

Istanbul (yun. Konstantinopol’) — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining ma’muriy markazi. Aholisi 7,6 mln. kishi (1990-y. lar o‘rtalari). I. Marmardengizi va Bosfor bo‘g‘ozining sast-baland sohillarida joylashgan. Bo‘g‘oz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropa qismiga bo‘lib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox qo‘ltig‘i sohillarida joylashgan. 1970—72 y. larda Bosfor bo‘toziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan ko‘prik qurilgan.
Iqlimi subtropik O’rta er dengizi . oʻrtacha ogʻish 5,2°, avgust. kengligi 23,6°, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm.
Istanbulga mil. av. 660 y. da Vizantii sh. sifatida asos solingan. 330 y. dan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan. 395 y. gacha Rim imperiyasi tarki-bida, 395—1453 y. lar Vizantiya poytaxti. 1453 y. da Istanbul turklar tasarrufiga o‘tgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; o‘sha vaqtdan shahar I. deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-a. oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va bo‘g‘ozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning 1-jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antantadavlatlarning qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan. 1923 yil shahar bosqinchilardan ozod qilindi va shu yilning oktyabr oyida Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.
Fotogalereya
Shahar qulay geografik joylashuvda joylashgan. Istanbul mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniy markazidir. Mamlakat sanoatining 60% . ham joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallga ishlov berish, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, poyabzal, tikuvchilik , harbiy va boshqalar. sanoat korxonalari, milliy va tashqi savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar mavjud. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulda. Istanbul dengiz, quruqlik va havo yo’llari markazidir. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqarokemalar kesib o’tdi. T. y. Orkal Evropaning ko’plab poytaxt shaharlari va mamlakatning ichki hududlari bilan bog’langan . Yoʻlovchi kemalari va yuk paromlari Bosfor boʻgʻozidan Istanbulning ikki tomoniga oʻtadi. Xalqaro aeroport mavjud .
Shaharni, ayniqsa, uning qad. kismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va o‘rta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid me’moriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, o‘rta asr masjidlari va 15—16-a. saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar ko‘p keladi. 3 ta un-t, in-tlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akade-miyasi, muzeylar, kutubxona, opera va b. teatrlar bor.