Shusha taomlari
Bilamizki har bir o‘lkaning yo kichikroq olganda shaharlarning ham o‘ziga xos va shu bilan birga olamga mashhur taomlari bor. Bugun sizlarga Ozarbayjonning eng so‘lim o‘lkalaridan biri Shusha shahrining dunyoga mashhur bo‘lgan taomlari bilan tanishtiramiz. Shusha oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri bu toyuq plovi va qiymali plovlaridir. Undan tashqari Shusha oshxonasining eng qadimgi va lazzatli taomlaridan bir qirtodir.
Har bir oshxonaning maxsus va sirli qaylasi bo‘ladi. Biz ham Shushaning shunday qaylasini topdik, bu asosan go‘shtlar bilan birga tayyorlanadigan qayladir.
Ishtahani ochishda davom etamiz. Hozirgi kunda qardosh Shusha shahridagilar nazarimizda shu taomni ko‘proq tanovvul qilishadi. Chunki “canınaçəkmə” taomi sovuq oylarda pishiriladi. Xullas, ming bora eshitgandan, bir bora ko‘rgan afzal. Ozarbayjonning Shusha shahriga tashrif buyuring va qardosh xalq taomlaridan istaganingizcha lazzatlaning!
Shahlo SHONAZAROVA,
turkona.uz muxbiri