Hadicha Guchlu
1997-yilning 16-martida Turkiyaning Qahramonmarash viloyatining Turko‘g‘li tumanida dunyoga kelgan. Ayni shu shaharda o‘rta ta’lim, litsey va universitet ta’limini tamomlaydi.
2015-yilda Onado‘li Universiteti va Qahramonmarash Sutchi Imom universiteti Davlat boshqaruvi bo‘limlarini hamda 2019-yilda esa Otaturk universitetining Fuqaro aviatsiyasini bo‘limlarida tahsil oladi.
2020-yilda Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot universitetining Davlat boshqaruvi magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi. Ammo Qorabog‘ urushi sabab, tahsil ma’lum muddatga qoldiriladi.
Qorabog‘ zafaridan so‘ng, Hadicha xonim Ozarbayjonga qaytib, o‘qishni davom ettirmoqda. Hozirgi kunda go‘zal o‘lka ‒ Baku shahrida istiqomat qiladi.
Hadicha Guchluning Onasi Istanbulning Uskudaridan. Otasi esa O‘zbekistonning so‘lim Farg‘ona vodiysidan. Ancha yillar avval Turkiyaga kelgan hamda shu yerda yashab qolgan.
2 singlisi ayni vaqtda o‘rta ta’lim hamda bakavalriat bosqichini tamomlashmoqda.
E’tiborlisi, Hadicha xonim talabalik hayotim mobaynida intizom, mehnatsevarlik va ijtimoiylik prinsiplari asosida yashagani bois, hozir ham bu qoidalarga amal qiladi.
Tahsil davomida juda ko‘plab mamlakatlardan do‘stlar orttirdi. Ular bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilgani diqqatga sazovor. Shu bois, bir qator sertifikat hamda mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.
Bakalavriat ta’limi davrida Davlat boshqaruvi talabalar jamiyati prezidenti (2017-2019) sifatida ishlagan bo‘lsa, Magistraturada Turkiya talabalar Kengashining prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda.
Qahramonimizning maqsadi ‒ avvalo, Vataniga, butun turk dunyosiga xizmat qilish, birlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, butun turk dunyosi merosini asrab-avaylash va uni keyingi avlodlarga qoldirishdir.
Hadicha Guchlu Turkiyada boshlangan sayohatini Ozarbayjonda davom ettirdi va endilikdagi faoliyatini Bobo yurt O‘zbekistonda davom ettirish niyatida. O‘zbek xalqining samimiyligi, mehmondo‘stligi va yaqinligini o‘zim bilgan, tanigan o‘zbek birodarlarim mehrida ko‘rdim, deydi qahramonimiz.