Xorazm viloyatidagi qadimiy qalʼa va tepaliklar
Ular (xorazmliklar) daryoning so‘l sohili hududlarida 300dan ziyod qishloq va shaharlar barpo qilganlar.
Abu Rayhon Beruniyning “Geodeziya” asaridan.
Ular(xorazmliklar)daryodan kanallar chiqarib,uning sohilida shaharlar bunyod qilganlar.
Al-Muqaddasiy, arab geografi va sayyohi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, faylasuf
shoir va tarjimon Matnazar Abdulhakim (1948 – 2010)ning Xorazm
tarixining qadimiyligini yaqqol aks etdirib beruvchi shunday
she’ri borki, unda o‘tmish sirlari, bu zaminning muqaddasligi,
odamni o‘ziga tortadigan ohangrabosi, jozibasi, ajdodlarimizning
aqlu zakovati aks etgan desa bo‘ladi:
Xorazmni qazsangiz agar,
Yer ostidan dunyolar chiqar,
Xorazmni qazsangiz agar,
Yer ostidan daryolar chiqar..
Ha, Xorazm zamini muqaddas o‘lka bo‘lib,yerning osti va ustida
saqlanib qolgan qadimgi yodgorliklar, obidalar ko‘pchilikni tashkil
qiladi.Hozirda arxeologlar tomonidan tadqiqotlar davomida
aniqlangan va madaniy meros obyektlarini saqlash va asrash bilan
shug‘ullanuvchi Xorazm viloyat madaniy meros departamenti
muhofazasida saqlanuvchi qa’lalar quyidagilardan iborat:
1.
Ichan-qal’aning g‘arbiy qismidagi devor;
2.
Ichan-qal’a devorlari;
3.
Xiva qudug‘i;
4.
Oq shayx bobo qasri;
5.
Voyangan qal’asi;
6.
Katqal’a;
7.
Tuproqqal’a;
8.
Hazorasp (Devsolgan)qal’asi;
9.
Xumbuztepa;
- Chingiztepa;11. Sartarosh karvonsaroyi;
- Meshekliqal’a;
- Sandiqli qal’a;
- Qal’ajiq(Dovud) qal’a;
- Olmaotishgan;
- Ostonabobo;
- Ullihovli;
- Ashirmattepa;
Quyida ana shu qal’a va tepaliklar,ularning tarixi,ushbu
madaniy meros obidalarida tadqiqot ishlarining qaysi
arxeologlar tomonidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot berib
o‘tamiz.
ICHAN-QAL’ANING G‘ARBIY QISMIDAGI DEVOR
Ichon-qal’aning g‘arbiy qismi o‘rtasidagi devor qoldiqlari
1984-1985-yillarda O‘zR FA Qoraqalpog‘iston filiali arxeologiya
bo‘limi xodimlari M.Mambetullayev, V.Yagodin va Xivalik
arxeolog Sh.Matrasulovlar tomonidan Ko‘hna-Arkning shimoliy-
g‘arbiy burchagida Oq Shayx bobo tepaligi yonida olib borilgan
arxeologik tadqiqotlar davomida aniqlangan.
Arxeologlar tomonidan 577 m2-maydonda amalga oshirilgan
qazish ishlari bu yerda 10 ta tarixiy davrga oid qurilish sathini
aniqlash imkonini berdi. Natijada birinchi qurilish sathida qum
materik ustiga barpo etilgan eng qadimgi mudofaa devori qoldig‘i
ochib o‘rganilgan. Paxsa poydevor ustiga yirik hajmdagi xom
g‘ishtlardan terilgan ikki qatorli, ya’ni tashqi va ichki devorlardan
tashkil topgan mudofaa devori barpo etilgan.Tashqi va ichki
devorlarni navkarlarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan 2
metrlik yo‘lak ajratib turgan. G‘ishtlarning aksariyatida tamg‘alar
tushirilgan. Pol sathidan topilgan sopol xum, xumcha va qizil
rangli ko‘zalar qoldiqlari va kosachalardagi belgilar mil.av.V-IV
asrlarga taalluqli bo‘lib, devor ham aynan shu sana bilan
belgilanadi.Eng qadimgi devorlar qoldiqlari Toshdarvozadan 30 metr
g‘arbda hamda qal’aning janubiy-g‘arbiy burchagidan 105 metr
shimoldagi devorlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda ham
aniqlangan. 1985 -95 yillar davomida Xivaning eng qadimgi
qismi – Ichan qal’a devorining 7 joyida qazish va o‘rganish
ishlari olib borildi. Natijada arxeologlar madaniy qatlam 7
metr chuqurlikda yotganligini aniqlashdi. Demak, Ichon-qal’aning
hozirgi devorlari eng qadimgi devorlar o‘rnida barpo etilgan
bo‘lib, eng qadimgi shahar hududini qamrab oladi.
Latofat ABDRIMOVA