Vatan mehri
Qaldirg‘ochlar janubga ketib,
Bo‘m-bo‘sh qoldi shiftda loy uycha.
Sovuq kunda qolsada qotib,
Kirmas edi uyga musicha.
Buni ko‘rib bo‘lgandim hayron,
Onam aytdi menga bir matal:
“O‘zga yurtda saqlagandan jon,
O‘z uyingda o‘lmog‘ing afzal”.
Anglab ushbu holat mag‘zini,
Mehrim oshdi bu qushga chunon.
Qani endi sevolsam seni
Shu qushchalik jon O‘zbekiston!
Mashhura BOTIROVA,
O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti talabasi