Tomirida turkiy qoni bor hind aktyori
XX-asrning 90-yillarining mashhur hind aktyori Djeki Shroffning onasi ‒ Xurinnisa Dilmuradovna Hamrayeva degan uyg‘ur ayoli bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Djeki (Djaykishan) 1957-yilning 1 fevralida Bombeyning Malabar-Xill tumanida gujorotlik astrolog Kakabxaya Xaribxaya Shrof va Amrita Shrof (qizlik familyasi ‒ Xurinnisa Dilmuradovna Hamrayeva, etnik uyg‘ur) oilasida dunyoga kelgan.
20 ga yaqin filmda suratga tushgan aktyor hozirda turmush o‘rtog‘i bilan kamyob o‘simlik hamda daraxtlar parvarish qilinadigan bog‘ga egalik qiladi.
Zulayho MO‘MINOVA,
turkona.uz muxbiri