To‘maris ‒ Alp Er To‘nganing nevarasidir!
Alp Er To‘nga, miloddan avvalgi VII asrda yashagan Turon-Eron urushlarida g‘alaba qozongan, yengilmas bahodir, juda mashhur Turk hukmdoridir.
Manbalarda “Alp Er To‘nga Turk hukmdorlari orasida QUT ismi bilan tanilganligi, bilimdon, fazilatli kishi bo‘lganligi, yirik viloyatlarga egalik qilish barobarida, bir qancha ming qavmni boshqarganligi va Turk xoqoni bo‘lganligi qayd etilgan.
Shuningdek, Alp Er To‘nga, o‘zining hukmronligi ostida bo‘lgan davlat, Saka Turk imperiyasi ‒ Massagetlarning Xoni ham edi.
Saka Turk Imperatorligining poytaxti Kangku shahri edi. Uning otasi Pesheng Kogonni Firdavsiy o‘zining “Shohnoma”sida “Turonliklarning xoqoni”, Alp Er To‘ngani esa “Afrosiyob” deya yozadi.
Ko‘pgina manbalarda miloddan avvalgi 624-625-626 yillarda (bu yillar noto‘g‘ri) Alp Er To‘ngani yengolmagan forslar unga hiyla ishlatib, Fors hukmdorining amriga binoan zaharlab o‘ldirilganligini ifoda etiladi.
Bilamizki, Fors xoqoni Kayxusrav (Kir II) miloddan avvalgi 559-529 yillarda hukmronlik qilgan va u 529-yilda esa u Alp Er To‘nganing nabirasi To‘maris Xotun tomonidan o‘ldiriladi.
Turklar Alp Er To‘nga haqida dostonlar yaratgan bo‘lishlariga qaramay, uning o‘limidan 1500-yildan ortiq vaqt o‘tibgina, “Devonu lug‘otit turk“ va “Qutadg‘u bilig“da Alp Er To‘nga ismi tilga olinadi.
Bu esa turklar tarixda unutilmas izlar qoldirganligining isbotidir albatta.
U Afrosiyob deb atagan kishi aslida Alp Er To‘ngadir. Bilamizki, u o‘zining 60 ming baytdan iborat “Shohnoma”sini davlat hukmdori Mahmud G‘aznaviyga taqdim etadi. Firdavsiy hayotligida Eron Turklar hukmronligi ostida edi.
U asarida Eronning o‘tmishini sog‘inch va ishtiyoq, jo‘shqinlik bilan ifodalaydi. (Ma’lumki, o‘sha davrda bir qancha shoirlar Shohnoma sarlavhasi ostida asarlar yaratgan. A.Daqiqiy ham “Shohnoma”sini yozadi. Ammo o‘z g‘ulomi qo‘lida fojiali o‘lim topadi. Shundan so‘ng uning “Shohnomasi”dagi 1000 baytni Firdavsiy o‘zining “Shohnomaga”siga kiritadi).
Firdavsiy Turonliklar (turklar) bilan Eron urushlarini tasvirlarkan shunday deydi: “Hozircha Hokim bo‘lgan sizsiz ammo vaqtida, Zalo‘g‘li Rustam va Kayxusrav sizning eng ulug‘ davlatingizni mag‘lub etgandi, vayron qilgandi» deya Alp Er To‘nganing o‘ldirilishi voqeasiga sha’ma qiladi.
Islomdan oldin ham, keyin ham, Ko‘k-turklar, uyg‘urlar, qarluqlar, qoraxoniylar, saljuqiylar Alp Er To‘ngani o‘z ajdodi, Otasi sifatida qabul qilib, uning avlodlari ekanliklaridan faxrlanishgan.
Juda ko‘p manbalarda To‘marisni Massagetlar xoqonining xotini deyilgan. Yo‘q! To‘maris Alp Er To‘nganing nevarasidir! U Fors podshohini o‘ldirib, bobomizning qasosini oladi.
Turkchadan Nodira DAVRON tarjimasi,
Erdoğan Aslıyücening “Dünyada Türkler” kitobidan olindi.