Diqqat: “turkona.uz”da yangilik!!!
Yoshlar qalbida Ona Vatanga boʻlgan muhabbatni yana mustahkamlash, ajdodlar ruhiga ehtirom, buyuk bobolardan qolgan merosni asrab-avaylash, targʻib qilish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Shu maqsadda, Oʻzbekistondagi ilk turkologik va folklor sayti hisoblangan “turkona.uz” jamoasi “Dada Qoʻrqut ‒ turkiy xalqlar ajdodi” deb nomlangan suratlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov shartlari: Rasm chizishga ishtiyoqmand ijodkorlar Dada Qoʻrqut siymosini A3 yoki A2 formatga, oq qogʻoz (oq fonga, oq-qora yoxud rangli)ga muhrlab, skanerlab yoki surat holida turkona.uz jamoasiga joʻnatishlari kerak. Dada Qoʻrqut haqida tasavvur hosil qilishlari uchun ularga suratlar va maʼlumotlar ham taqdim qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish yoshi: Yosh cheklanmagan.
Baholash mezonlari: Tanlovga joʻnatilgan ijodiy ishlar maxsus komissiya tomonidan baholanadi.
Tanlov sovrini: Tanlovga joʻnatilgan eng yaxshi 3 rassom ishi saralanib, ularga pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalar topshiriladi.
Tanlov oʻtkazish sanasi: 2023-yilning 15 dekabridan to 2024-yilning 15- yanvariga qadar.
Taqdirlash sanasi: Gʻoliblar 2023-yilning 25-yanvar sanasida taqdirlanadi.
Ijodiy ishlar quyidagi manzillarga joʻnatiladi: https://t.me/horiqo, https://t.me/Laylo_Dusanova