Abadiy do‘stlik
Azaldan bir zaminda,
Bir quyoshning ostida
Yashaydi qardosh bo‘lib,
O‘zbegim qozoq bilan.
Uzoq o‘tmishga nasli,
Taqalar do‘stlik naqshi.
Qavm-u qarindosh asli,
O‘zbegim qozoq bilan.
Qanday qiyos qilay men?
Mushtarak do‘stlik ramzin.
Aka-uka mehribon,
O‘zbegim qozoq bilan.
Bir daryodan suv ichib,
Qiz berib, qiz olishib.
Yon qo‘shnidir, jon qo‘shni,
O‘zbegim qozoq bilan.
Tolega yor Navoiy,
Bor ekan shoir Abay.
Ikki millat kuychisi,
O‘zbegim qozoq bilan.
Ikki xalq do‘stlik daraxti
Gullayversin barq urib.
Abad bo‘lsin do‘stlik ramzi,
O‘zbegim qozoq bilan.
Dilnurabonu VAYISOVA,
Buxoro Davlat universiteti talabasi