“Istiqlol shoirlarimiz Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy ” haqida ilmiy-konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha O‘zbekistondagi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida “Istiqlol shoirlarimiz Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy ” haqida ilmiy-konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy anjuman O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon mamlakatlarining madhiya mualliflari Ahmed Javad, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoydalarning hayoti va ijodiy merosi haqida soʻz yuritildi. Anjumanda Abdug‘appar Qirg‘izboyev — Nizomiy nomidagi TDPU rektori, tarix fanlari doktori, professor;
Samir Abbosov — Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori;
Nizamettin Aykurt – Turkiy xalqlar tarix va madaniyat jamg‘armasi direktori;
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda
Jemalettin Tuney – Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi menejeri ishtirok etishdi.
Shuningdek anjuman davomida Ahmeda Javaning “Men haqiqat ovoziman” she’rining o‘zbek tilidagi kitob taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Ulug‘bek ALIMOV,
Zulfiya RAHMATULLAYEVA,
www.turkona.uz muxbirlari