Ozarbayjondagi Ramana minorasi
Ozarbayjoning Boku shahrida joylashgan Ramana minorasi XII asrda barpo etilgan. Minora balandligi 15 metr (49fut), oq toshdan qurilgan. Minoraning qurilishidan maqsadi – shaharni boshqinchilardan mudofaa qilish bo’lgan. Shirvanshohlar davrida bu qal’a sifatida foydalanildi. Sababi bir-biriga qarama-qarshi qurilgan kirish joylari mudofaa uchun qulay edi.
Minoraning tuzilishi
Minoraga kirishda ikkita zinapoya mavjud. Minoraning ichki tomonidan to minoragacha bo‘lgan masofa taxminan 3 metr (10 fut ). Minoraning tashqi tomonida qurilgan koridor orqali zinapoyalar bilan yurish mumkin. Qal’aning ichida ko‘plab zinapoyalar mavjud bo‘lib, hatto, minoraning yuqori tomoniga ko‘tarilish va atrofni tomosha qilish imkoniyatini beradi.
Ramana minorasi rejasi va arxitekturasi Absheronning boshqa minoralari bilan o‘xshashdir. Ammo boshqa minorlardan farqli tomoni minoraning joylashgan relyefi tufaylidir. Minora hech qanday dekorativ dizaynga ega emas va uslubga ko‘ra uning tarixi XIV asrga to‘g‘ri keladi.
Ramana minorasida olingan filmlar
Ramana minorasi “Ko‘ro‘g‘lu”(1960), “Nesimi”(1973) va “Babek”(1979) filmlari uchun sur’atga olish joyi sifatida foydalanilgan.
Minoraning chap tomonida ajoyib tosh parchasi bor bo‘lib, bir qarashda uni sezish qiyin. Mashhur Bulbul o‘zining qo‘shig‘ini aynan shu tosh yonida kuylaydi. Qishloq aholisining mahalliy qismi tarixiy joylar va yodgorliklarga tashrif buyurgan har bir kishiga ushbu tosh haqida turli xil afsonalarni gapirib berishadi.
Zulfiya RAHMATULLAYEVA,
www.turkona.uz muxbiri