Турк кафесидан “Юлдуз Cинема”гача: Муваффақиятли тадбиркор Ботир Хусанбоев ҳақида 20 та факт!
Ayni damda yurtimizda tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Aksariyat tadbirkorlarimiz esa ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Shunday tadbirkorlardan biri yosh bo‘lishiga qaramasdan, faxrlanishga arzigulik natijalarni qo‘lga kiritgan Botir Xusanboyevdir.
- Botir Xusanboyev 1993-yil 20-iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
- U 2012-yil Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Puna shahrida joylashgan “Pune University”ga o‘qishga kirib, mazkur oliygohda 2 yil davomida biznes yo‘nalishi bo‘yicha offlayn, ya’ni an’anaviy, bir yil davomida esa onlayn tahsil olgan.
- Botir Xusanboyev 2015-yil Moliya institutining “Menejment” fakultetiga o‘qishga kirgan va bu institutni ham tugatgach, 2018-2020-yillarda Menejment yo‘nalishida Magistraturani ham muvaffaqiyatli tamomlagan.
- Botir Xusanboyev tadbirkorlikka yoshlikdan qiziqqan bo‘lib, o‘zining biznesdagi ilk qadamlarini 2017-yil boshlab, “Kiborg Sportivnaya Arena” deb nomlangan kompyuter klubiga asos solgan.
- Botir Xusanboyev kafelar tizimini ham mukammal o‘rganib chiqib, Turkcha muzqaymoq tayyorlab sotiladigan Turk kafesi ham ochgan.
- Botir Xusanboyev 2018-yil “Catering” tizimiga qiziqib, unga ham e’tibor qaratgan. Hozir ham uning tasarrufidagi biznes loyihalar ichida “Catering” xizmati mavjud.
- Botir Xusanboyev 2021-yildan “Premier Hall” kinoteatrini “Yulduz Cinema” nomi bilan rebrending qilib, hozirda mazkur kinoteatrni muvaffaqiyatli ravishda yuritib kelmoqda.
- Botir Xusanboyev “Yulduz Cinema” kinoteatriga “Yulduzdek porlab tursin” degan yaxshi niyat bilan o‘zbekona nom tanlagan.
- Botir Xusanboyev rahbarligidagi “Yulduz Cinema” kinoteatrining tantanali ochilish marosimi, 2021-yilning sentabrda “Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tgan. Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Kinomatografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxalikov, taniqli Rossiyalik kinorejissor Nikita Mixalkov, «Roskino» bosh direktori Yevgeniya Markova va boshqa taniqli ijodkorlar ishtirok etishgan.
- Botir Xusanboyev “Yulduz Cinema” kinoteatri rebrendingi uchun katta mablag‘ sarflagan. U “Yulduz Cinema” kinoteatrining 3 ta zalini yangi uslubda to‘liq ta’mirlattirgan. Shuningdek, kinoteatrga dunyodagi eng yaxshi va sifatli texnik vositalar olib kelib joylashtirgan. Ispan kreslolari, Germaniya texnikasi, ya’ni, proyektor, ekranlar, AQSH ning JBL kompaniyasi ovoz tizimi (zvukovaya sistema)ni o‘rnattirgan.
- Botir Xusanboyev LED monitor tashqi reklama konstruksiyasi bilan shug‘ullanadi va shahar bo‘ylab LED monitorlariga ega.
- Botir Xusanboyev biznesdan tashqari, sportga ham juda qiziqadi. 8 yil davomida suzish bilan shug‘ullangan va suv sporti bo‘yicha sport masteri.
- Botir Xusanboyev futbol bilan muntazam shug‘ullanib, haftasiga 4-marta futbol o‘ynaydi. U «Mediyniy liga»da ishtirok etadigan futbol komandasining nomi “IRUN”. Xorijiy futbol komandalaridan esa, eng sevimlisi “Chelsi” (Chelsea F.C.)
- Botir Xusanboyev katta tennisga ham juda qiziqadi va haftasiga 2-marta “iTec” tennis klubida tennis bilan shug‘ullanadi.
- Botir Xusanboyev kinoteatr egasi sifatida, kino olamiga ham qiziqadi, hamda hujjatli, avtobiografik va jangari janrdagi filmlarni ko‘rishni ma’qul ko‘radi. Eng yoqtirgan filmi “Elvis” filmidir.
- Botir Xusanboyev o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash niyatida hozirda Rimdagi Sapienza University ning magistraturasida tahsil olmoqda.
- Botir Xusanboyev kelgusi yilda Samarqandda “Yulduz Cinema”ning katta bir filialini ochish harakatida. Shuningdek, 2025-yilgacha O‘zbekiston bo‘ylab, “Yulduz Cinema” kinoteatrining 5 ta filialini ochishni rejalashtirgan.
- Botir Xusanboyev o‘zining “Yulduz Cinema” kinoteatri yonida oilaviy shinam restoran qurishni rejalashtirgan.