Shusha – Ozarbayjondir!
Qorabog‘da bir go‘sha –
Xalqi unga jon to‘shar!
Shahar nomidir – Shusha,
Shusha – Ozarboyjondir!
Unga eltar bir so‘qmoq,
Bu so‘qmoq – yovga to‘qmoq!
Buni kerakdir uqmoq –
Shusha – Ozarboyjondir!
Yovning dili vayrondir,
Mard ishidan hayrondir.
Askarga kuch bergan so‘z –
“Shusha – Ozarboyjondir!”
Yigirma sakkiz sana –
Yov qo‘lida payhondir!
Xalqi qildi tantana –
Shusha – Ozarboyjondir!
Me’mor – Panohalixon,
Avlodlari tikdi jon.
Haq so‘zni bildi jahon –
Shusha – Ozarboyjondir!
Ajdodlar joni haqqi,
Shahidlar qoni haqqi,
Botirlar shoni haqqi–
Shusha – Ozarboyjondir!
SO‘QMOQ bugun YO‘L bo‘ldi,
Tegrasi gul-rayhondir.
Xalqi bir musht – qo‘l bo‘ldi,
Shusha – Ozarboyjondir!
Shusha – Ozarboyjondir!
Sherali NISHONOV