Zamonaviy turkologiya: Zarurat va ehtiyoj

Darhaqiqat, turkologiya sohasi va undagi tadqiqotlar oxirgi 3 yil ichida sezilarli darajada rivojlandi. Bu esa o‘z navbatida yangidan yangi izlanishlar va tadqiqotlarga yoʻl ochdi. Bu gal turkologiya sohasining o‘rganilishining zamonaviy ko’rinishi haqida fikr yuritamiz. Umuman olganda turkologiya deganda koʻpchiligimizda turkiy tillarni koʻproq nazarda tutamiz. Bu ham toʻgʻri, ammo turkologiya katta soha va yirik yo‘nalishdir. U o‘zida tildan tortib, uzoq o‘tmish, tarix, turli turkiy qavmlar, ularning vujudga kelishi, qoldirgan izlari haqida shug‘ullanuvchi sohadir. Bevosita Folklorshunoslik bilan ham bogʻliq hisoblanadi. Demak, turkiy tillar haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtsam.
Hozirgi turkiy tillarga turk, oʻzbek, qozoq, ozarbayjon, qozon tatar, turkman, qirgʻiz, chuvash, boshqird, qoraqalpoq, yokut, qumik, qrim-tatar, uygʻur, tuva, gagauz, qorachay, bolqar, xakas, noʻgʻay, oltoy, shoʻr tillari kiradi. Qiziq tomoni mahalliy olimlar XI asrdan boshlab turkiy shevalarga ta’riflar yozib kelmoqdalar. Gʻarbda Turkiya haqidagi ilk asarlar XV—XVI asrlarda paydo boʻlgan, turk tilining ilk taʼriflari XVII asrda nashr etilgan. Shuningdek, Yevropada turkiy va boshqa turkiy tillarni rasmiy oʻrganish XVIII asrda yoʻlga qoʻyildi. XIX asr oxirida Parij, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Budapesht va Vena universitetlarida koʻzga koʻringan turkologiya markazlari mavjud edi. Bugungi kunda turkologiya alohida turkiy xalqlarni ifodalovchi zamonaviy siyosiy birliklarda: Turk respublikasi, sobiq SSSR turkiy respublikalari va Xitoy Xalq Respublikasidagi Uygʻur avtonom viloyatida keng oʻqitiladi, bu yerda u mahalliy milliy madaniyatni oʻrganish bilan sinonimdir. Bundan tashqari, Turkologiya Yevropa va Shimoliy Amerikadagi yirik universitetlarda ham talabalarga oʻqitiladi.
So’z o’rnida Baxtiyor O’rdabeklining “Qadimgi turklar” tarjima kitobidagi quyidagi mulohazalarni keltirib o‘tsam:
“Biz turki tarixini insoniyat tarixining tarkibiy bir uzvi sifatida oʻrganib, bu qavmning bashar oldidagi vazifasini halol yoritishda intilgan ajoyib bir tarixchi olimning yirik bir asaridagi, bizning nazarimizda, o’zbek o‘quvchisi dunyoqarashida chalkashliklar va noaniqlik keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan baʼzi bir o‘rinlari ustida to’xtalishimiz, bizning uzoq o‘tmishimizni o‘rganishimizdagi ahamiyatni zarracha ham kamaytira olmaydi. Turk xoqonliklari tarixini Xitoy, Eron, Old Osiyo, Yevropa tarixi bilan bogʻlab oʻrganish bilan birga, ularni bogʻlab turuvchi iplarni topib koʻrsata bilishning oʻzi juda katta ilmiy mehnat va iqtidor talab etadi.”Darhaqiqat, ustoz yuqorida gaplardan xulosa qilishimiz mumkinki, nafaqat turkiy xalqlarni balkim turkologiyani o‘rganishda iqtidor va juda katta metin iroda boʻlishi zarur. Bu esa oʻz navbatida, sizdan katta sabrni talab etadi.
Ulug‘bek ALIMOV,
www.turkona.uz muxbiri