Turkiya haqida 100 ta fakt. 4-qism
Assalomu alaykum azizlar. Turkiya–o‘ziga xos chiroyiga ega mamlakat. Aholisi, tili, madaniyati, urf-odatlari bilan dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Bugun ham Turkiya haqidagi faktlarimizni siz qadrdonlar bilan birga baham ko‘ramiz.
4-qism
31. Dunyoda 90 millionga yaqin insonlar aynan turk tilida muloqot qilar ekan.
32. Arxitektura yodgorliklari soni bo‘yicha Turkiya dunyoda yetakchi mamlakat hisoblanadi.
33. Yana bir qiziq fakt. Har bir turk restoranida bepul non, choy va suv beriladi.
34. Turkiyada ko‘chmas mulk solig‘i yiliga atigi bir marta to‘lanadi.
35. Ushbu mamlakatda yiliga taxminan 2 million avtomobil ishlab chiqariladi.
36. Turkiya 3 marta harbiy to‘ntarishni boshdan kechirgan davlatdir.
37. Faqatgina 2001-yildagina Turkiyada o‘lim jazosi bekor qilindi.
38. Turkiyalik yangi turmush qurgan juftliklarga to‘y uchun oltin berilar ekan.
39. 23-aprel kuni Turkiyada bulutsiz baxt bayrami nishonlanadi. Qiziq tomoni men ham 23-aprelda tug‘ilganman. Shu kuni kattalar bolalar bilan ko‘p vaqt o‘tkazishadi.
40. Turkiyada samolyot ishlab chiqaradigan zavod mavjud.
Ulug‘bek ALIMOV,
turkona.uz muxbiri