Ozarbayjon haqida 100 ta fakt. 4-qism
Assalomu Alaykum aziz sayt kuzatuvchilari! Bugun ham Ozarbayjon haqidagi faktlarimizni davom ettiramiz.
4-qism
31. Yer yuzida maʼlum boʻlgan 2000 dan ortiq loy vulqonlaridan 344 tasi Ozarbayjonning sharqida va u bilan chegaradosh Kaspiy dengizi havzasida joylashgan.
32. O‘tkazilgan arxeologik qazishmalar Ozarbayjonda yuqori paleolit davrida aholi yashaganligini ko‘rsatadi.
33. 108 turdagi hayvonlarning nomi Ozarbayjon Respublikasining “ Qizil kitobi ”ga kiritilgan.
34. Ozarbayjonda 7 ta xalqaro aeroport mavjud. Ulardan eng kattasi Haydar Aliyev xalqaro aeroportidir.
35. Ozarbayjonda birinchi temir yoʻl qurilishi 1878– yilda boshlangan va 1880– yil 20– yanvarda Ozarbayjon Davlat Temir Yoʻli tashkil etilgan.
36. Ozarbayjonda 6 yoshdan 17 yoshgacha taʼlim olish majburiydir.
37. Ozarbayjonda internet 1993– yildan beri rivojlana boshladi.
38. Birinchi veb-sayt 1994– yilda Ozarbayjon Fanlar akademiyasida tashkil etilgan.
39. Ozarbayjonda radioeshittirish birinchi marta 1926-yil 6-noyabrda, telekoʻrsatuvlar esa 1956-yil 14-fevralda boshlangan.
40. Ozarbayjonning kosmik agentligi Ozarbayjon Milliy Aerokosmik Agentligi (MAKA) hisoblanadi. Agentlik 2013-yil 8-fevralga o‘tar kechasi o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshi “Azerspace-1” ni uchirgan.
Zulayhobonu MO‘MINOVA
turkona.uz muxbiri