Ozarbayjon haqida 100 ta fakt. 1-qism
Assalomu Alaykum aziz sayt kuzatuvchilari. Xabaringiz bor, avvalgi maqolalarda Turkiya haqida faktlar berilgandi, endi esa navbat Ozarbayjon Respublikasiga. Mazkur faktlar ham sizlarga manzur keladi degan umiddamiz. Demak, boshladik!
1-qism
1. Rasmiy nomi – Ozarbayjon Respublikasi. Poytaxti – Boku. Davlat tili – ozarbayjon.
2. Aholining asosiy qismi islom diniga eʼtiqod qiladi.
3. Pul birligi – Ozarbayjon manati.
4. Ozarbayjon Janubi-G‘arbiy Osiyoda, Kavkazortining janubi-sharqiy qismida, Kaspiy dengizi sohillarida joylashgan.
5. Shimolda-Rossiya, shimoli-g‘arbda-Gruziya, g‘arbda-Turkiya, janub va janubi-g‘arbda-Armaniston, janubda-Eron bilan chegaradosh.
6. Iqlimi – subtropik.
7. Mamlakatda 1250 ga yaqin daryo bor. Eng katta daryosi – Kura.
8. Asosiy qazilma boyliklari – neft, tabiiy gaz, temir, alyumin, mis, qimmatbaho metallar.
9. Ozarbayjon o‘simlik dunyosi o‘ta rang-barang. Togʻli hududlari buta va oʻrmonzorlar bilan qoplangan.
10. Sanoatning asosiy sohasi: neft qazib olish va uni qayta ishlashdir.
Ulug‘bek ALIMOV,
turkona.uz muxbiri