Kafkazh Media Group tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilk uchrashuv
Kuni kecha Turkona.uz hamda Kafkazh Media Group tashkilotining ilk onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur muloqotda “Ötükən İnşaat” va Təchizat MMC, “Kafkazh Media Group MMC”, “Turaz.org” Informatsion Agentligiga qarashli “Sulduz Consulting Group MMC” asoschisi va raisi Nagi Nagiog‘lu, Turkona.uz sayti taʼsischisi va rahbari Davronbek Oripov hamda ikki sayt muxbirlari bevosita ishtirok etishdi.
Muloqotda ikki hamkor tashkilotning asosiy rejalari, hamkorlik masalalari hamda kelajakdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyihalar muhokama qilindi.
Qardoshlarning bilvosita uchrashuvida Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalar haqida ham toʻxtalib o‘tilib, ikki davlat oʻrtasidagi boy tarixiy, madaniy merosni oʻrganishda bevosita maʼlumot almashinuvi muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Ulug‘bek ALIMOV,
turkona.uz muxbiri